Ronaldu va Jorjina Rodriges Madeyra orolida to'y qiladi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2025
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va rafiqasi Jorjina Rodrigesning to'yi Madeyra orolida bo'lib o'tadi.

Bu haqda "Jornal da Madeira" xabar tarqatdi.

Manbaning xabar berishicha, marosim futbolchining tug'ilgan shahri Funchal soborida o'tkaziladi. Shundan so'ng eng qimmat mahalliy mehmonxonalardan birida ziyofat bo'lib o'tadi. To'y JCH-2026 dan keyin va Saudiya Arabistoni chempionati startidan oldin tashkil qilinadi.

11 avgust kuni 40 yoshli futbolchi Jorjinaga turmush qurish taklifini bergani e'lon qilingandi.

Ronaldu va Rodriges 2016 yildan beri birga yashab keladi. Ularning birinchi qizi 2017 yilda tug'ilgan. 2022 yil aprel oyida oilada egizaklar dunyoga keldi: o'g'il va qiz, ammo o'g'il tug'ruq paytida vafot etdi. Bundan tashqari, Ronalduning yana uch nafar farzandi bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Jornal da Madeira