"Roma" o'yinchisi Germaniyaga yo'l olmoqda

Alisher
28 yanv 2025
Mario Ermoso "Bayer"ga o'tadi.

Leverkuzen klubi "Roma" bilan 29 yoshli himoyachining transferi borasida kelishuvga erishdi. "Bayer" o'yinchining o'zi bilan ham kelishuvga erishdi.

Ispan nemis jamoasiga ijara asosida qo'shiladi, xarid qilish huquqi ko'zda tutilmagan. Tibbiy ko'rik chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

Ermoso "Roma"ga 2024 yilning yozida erkin agent maqomida o'tgandi. U A Seriya doirasida 8ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: x.com/Plettigoal