"Roma" "Bayer" futbolchisini nishonga oldi

Alisher
25 iyul 2020
Vendel faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Bayer" himoyachisi Vendell "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Rim klubi himoyachi Aleksandr Kolarovga munosib o'rinbosar izlamoqda va shu sabab "bo'rilar" 27 yoshli braziliyalik futbolchiga e'tibor qaratishdi.

Eslatib o'tamiz, Vendellning "farmacevtlar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Italy