"Real" va "Atletiko" derbiga jamoat transportida tashrif buyuradi

Sherzod Nurmatov
8 may 2022, 00:36
Jamoalar "Vanda Metropolitano"ga Madrid aholisiga xizmat ko'rsatadigan EMT transport kompaniyasining elektr avtobuslarida kelishadi.

Shu tariqa, klublar EMT kompaniyaning 75 yilligi munosabati bilan unga hurmat ko'rsatishmoqchi.

Bu futbol jamoalari o'yinga jamoat transportida kelishi bilan bog'liq birinchi holat sifatida tarixga kiradi.

Eslatib o'tamiz, Madrid derbisi ertaga Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central