

"The Madrid Views" tomonidan e'lon qilingan suratga ko'ra uy libosi klubning ananaviy oq rangini saqlab qolgan, biroq qora-yashil rangdagi shortlar va shu rangdagi yoqa bilan boyitilgan.

Mehmon formasi chuqur ko'k ranglarda ishlangan bo'lib, o'ziga xos geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Uchinchi, alternativ forma esa yorqin pushti rangda tayyorlangan.
Garchi klub hali ushbu tasvirlarning haqiqiyligini rasman tasdiqlamagan bo'lsa-da, bunday darajadagi sizib chiqishlar ko'p hollarda yakuniy dizaynga juda yaqin bo'ladi.



