Mbappe "Jirona" bilan o'yinda orttirilgan jarohati suratini ko'rsatdi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2026, 19:45
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe "Jirona"ga qarshi bahsda (1:1) Vitor Reys bilan to'qnashuvdan so'ng yuzidan olgan jarohati suratini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

Voqea uchrashuvning 88-daqiqasida sodir bo'lgan edi. Kataloniyaliklar himoyachisi Reys Mbappe bilan to'qnashib ketgan va o'sha vaziyatda uning tirsagi francuz yulduzining yuziga tekkan. Bahs bosh hakami Xaver Alberola Roxas ushbu vaziyatda qoida buzilishini qayd etmagan. La Liga translyatsiyasida Mbappening yuzidagi qon ko'rinmaganini esa aniq rakurs bo'lmagani bilan izohlashdi.

Bugun Kilian tibbiy xodimlar jarohatga ishlov berayotgani aks etgan suratni ulashdi, biroq unga hech qanday izoh qoldirmadi.

Avvalroq Mbappening jarohatiga uchta chok qo'yilgani haqida xabar berilgan edi. Shunga qaramay, hujumchi Chempionlar Ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi muhim uchrashuvda maydonga tushishga tayyor.

image_2026-04-12_19-15-45.png


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://www.instagram.com/stories/k.mbappe/3873648389547127270/