Rasmiy xabar. Darko Stanoevich "Neftchi" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2021, 18:02
Yangi futbol mavsumiga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" jamoasining transfer sohasidagi faoliyati davom ettirilmoqda.

Bugun klub ixtiyoriga mamlakatimizning "Navbahor", AGMK, "Surxon","Mashal" singari jamoalarida legioner maqomida yorqin o'yinlari bilan nom qozongan serbiyalik tajribali himoyachi Darko Stanoevich kelib qo'shildi va shu kunning o'zida futbolchi bilan rasmiy shartnoma imzolandi. Kunning ikkinchi yarmida tajribali himoyachi "Neftchi"ning o'quv-yig'in mashg'ulotlaridagi harakatini boshlab yubordi.

Aytib o'tish joizki, yaqin kunlarda jamoaga yana bir tajribali legioner  hujumchining kelib qo'shilishi kutilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Нефтчи" ФК матбуот хизмати