Rasman: Shamil Gasanov – "Surxon" futbolchisi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2023, 17:17
Avval ma'lum qilganimizdek, Termiz klubi rossiyalik himoyachi bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, "Surxon" Shamil Gasanov bilan 1 yillik shartnoma tuzgan.



Futbolchi Termiz jamoasining Antaliyadagi mashg'ulotlariga qo'shilgan.

1993 yilga tug'ilgan markaziy himoyachi faoliyati davomida quyidagi klublarda harakat qilgan:

2014 – "Anji", Rossiya

2017 – "Tromsyo", Norvegiya

2018 – "Enisey", Rossiya

2019 – "Baltika", Rossiya

2020 – "Chayka", Rossiya

2020 – "Legion-Dinamo", Rossiya

2022 – "Dinamo" Maxachqala, Rossiya


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати