Superliga. 9-turdagi eng ko'p tomoshabin Xorazmda

Оқил Абдубарноев
25 apr 2026, 18:23
O'zbekiston professional futbol ligasi (O'zPFL) tomonidan Superliganing 9-tur bahslariga stadionlardan turib bevosita guvoh bo'lgan muxlislar statistikasi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Urganchda bo'lib o'tgan "Xorazm" va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi markaziy bahs tomoshabinlar tashrifi bo'yicha turning eng yuqori ko'rsatkichini qayd etdi. Ushbu uchrashuvda farg'onaliklar ishonchli g'alabani qo'lga kiritib, turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qolishdi.

Quyida 9-tur bellashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar soni hamda mazkur o'yinlarda qayd etilgan yakuniy natijalarni to'liq shaklda taqdim etamiz:

  • "Xorazm" – "Neftchi" (0:2) | 11 270 muxlis

  • "Buxoro" – "Paxtakor" (0:1) | 8 250 muxlis

  • "Qizilqum" – "Qo'qon-1912" (2:1) | 7 154 muxlis

  • "Dinamo" – "OKMK" (2:2) | 4 351 muxlis

  • "Surxon" – "Mashal" (2:1) | 2 115 muxlis

  • "Bunyodkor" – "Andijon" (0:1) | 1 416 muxlis

  • "Nasaf" – "Lokomotiv" (2:3) | 1 150 muxlis

  • "Navbahor" – "So'g'diyona" (1:1) | 1 136 muxlis


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎзПФЛ