Rasman: "Liverpul" "Bayer" futbolchisining transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
30 may 2025, 21:16
"Liverpul" Jeremi Frimpongning "Bayer"dan sotib olinganligini e'lon qildi.

Unga ko'ra, ingliz klubi futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 35 mln evrolik tovon pulini to'ladi va tarkibiga qo'shib oldi. Shartnoma 5 yilga mo'ljallanganligi aytilmoqda.

O'tgan mavsumda Fripmong 33 o'yinda qatnashdi va 5tadan gol hamda assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com