Rasman: Francis Narx "Kattaqo'rg'on" futbolchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026
Bu haqda Pro liga klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Tajribali yarim himoyachi endi jamoamiz sharafini himoya qiladi. U bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan kelishuv imzolandi", – deyiladi xabarda.

1994 yilda tug'ilgan ganalik futbolchi 2022 yildan beri O'zbekistonda to'p tepmoqda. 

Bungacha "Bunyodkor", "Dinamo" va "Xorazm" jamoalari libosini kiygan Narx faoliyati davomida 300 dan ortiq rasmiy uchrashuvda maydonga chiqib,  80 ta golda qatnashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Каттақўрғон" матбуот хизмати