

"Tailand - ajoyib jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi. Bugun biz g'alaba qozondik va ajoyib o'yin o'tkazdik. O'yindan avval faqatgina g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz deya niyat qilgandik, yakunda o'z maqsadimizga erishdik. Chorak final bosqichi yaxshi natija deb o'ylayman. Keyingi bosqichdagi raqibimiz Paragvay. Biz so'nggi ikki yil ichida Paragvayga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazgandik va bu jamoaga mag'lub bo'lgandik. Ular bilan hisob kitobimiz bor. Bu safar esa mundialda to'qnash keladigan bo'ldik. Ikki jamoaning ham imkoniyatlarini teng baholayman. Olg'a, Fransiya" - deya fikr bildirdi Fransiya terma jamoasi darvozaboni Fransis Lokoka.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi




