Rasmiy xabar: Francis Narx – "Dinamo" futbolchisi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2023
Samarqand klubi Narx transferini e'lon qildi.

"Dinamo" jamoasi Pro liga yangi mavsumi oldidan o'z safini yangi o'yinchilar bilan kuchaytirmoqda.

Toshkentda o'tgan yig'in davomida Dinamo jamoasi safida faol harakat qilib, murabbiylar ishonchini qozongan ganalik yarim himoyachi Francis Narx klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

O'z vaqtida Gana yoshlar jamoasi safida to'p tepgan surgan 28 yoshli hujumkor yarim himoyachi o'tgan yillar davomida Chexiya, Bolgariya, Turkiya, Belarus klublari, 2022 yilda esa Superligada "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan. "Qaldirg'ochlar" safida 24 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol muallifi bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати