Rasman: "Bayer" Bundesliga 2 turidan keyin Ten Xagni ishdan bo'shatdi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025
"Bayer"ning niderlandiyalik bosh murabbiyi Erik ten Xag Bundesliga 2-turidan o'rin olgan "Verder" bilan bellashuvdan so'ng (3:3) ishdan ketdi.

55 yoshli mutaxassis "Bayer" boshqaruviga o'tgan yozda – "Real" bosh murabbiyiga aylangan Xabi Alonso o'rnini egallash uchun kelgan edi.

MYU sobiq ustozi leverkuzenliklar bilan Bundesligada 2 o'yin o'tkazdi: "Xoffenxaym"dan mag'lubiyat (1:2) va "Verder" bilan jangovar durang (3:3).

Klub rahbariyati "Bayer"ni Bundesliga top-klublari bilan raqobatlashishi kerak deb hisoblaydi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bayer04.de