"Qizilqum" klubining rasmiy futbol maktabi ochildi

23 okt 2020, 16:34
"Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamovning tashabbusi bilan klubning rasmiy futbol maktabi ish boshladi.

Bugun ochilish marosimi o'tkazilgan futbol bog'chasining asosiy maqsadi - kelajakda taniqli to'p ustalarini yetishtirish va ularni yoshligidanoq xaqiqiy futbol atmosferasida o'stirishdir.

Ma'lumot uchun, "QIZILQUM KIDS" futbol maktabida 6 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalar tahsil olishadi. 

Murojaat uchun telefonlar : +998906656155 ; +998933100280


Manba: championat.asia