

"Kuman qo'l ostidagi mashg'ulotlar meni juda hayratda qoldirgandi. Biz shiddatsiz shug'ullandik, u bizga taktikani tushuntirmadi, o'zining birorta g'oyasini keltirmadi. O'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rmasdik. Xavi kelishi bilan hammasi o'zgardi. Mashg'ulotlar ijobiy tomonga o'zgardi", – dedi Pyanich.
Pyanich 2020 yildan 2022 yilgacha "Barselona" safida o'ynagan. Klub safida 30 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurgan. 32 yoshli xavbek 2022 yil sentyabr oyida tekinga BAAning "Sharja" klubiga o'tdi.



