

Chorshanba oqshomida Yevropa Chempionlar ligasi 1/2 finali doirasida Germaniyaning "Borussiya Dortmund" klubi o'z maydonida Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" jamoasini qabul qildi.
Mazkur bahsda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan parijliklar klub yetakchisi Kilian Mbappesiz stadionni tark etdi.
Gap shundaki, jamoalar safidan tasodifiy ravishda tanlab olingan futbolchi o'yindan keyin antidoping nazoratidan o'tishi kerak bo'ladi. Mbappe shu sababli aeroportga taksi orqali yetib borgan.



