O'zbekiston kubogi. "B" guruhida birinchi kun ortda qoldi - "Oil Star" ham pley-offda

Omonjon To`xtamirzayev
24 apr 2025, 19:06
Xabaringiz bor, shu kunlarda Jizzax shahrida futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Bugun "B" guruhida ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tdi, deb xabar beradi O'zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati. Dastlabki bellashuvda "Oil Star" hamda "Neftchi" jamoalari o'zaro ro'baro keldi va buxoroliklar ishonchli g'alabaga erishishdi - 4:0. 

Kunning ikkinchi uchrashuvida "Bunyodkor" va Maksam-Chirchiq" kim kuchliroq ekanligini aniqlay olishmadi - 1:1.

Bugungi uchrashuvlardan keyin musobaqa jadvalida jiddiy o'zgarish yuz bermadi. Faqatgina "Oil Star" navbatdagi g'alabadan keyin raqiblari bilan farqni yiriklashtirib, keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Ikkinchi o'rin uchun esa qolgan jamoalarning barchasida nazariy jihatdan imkoniyat saqlanib qolmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan