"G'azalkent" Maksim Shackix jamoasiga mag'lub bo'ldi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2026
Pro liganing "G'azalkent" jamoasi Antaliya yig'inidagi ikkinchi nazorat uchrashuvida qirg'iz jamoasi bilan ro'baro' keldi.

Shackix qo'l ostidagi "Aziya Talas" jamoasi bilan kechgan bahsda 1:3 hisobi qayd etildi. "G'azalkent"ning yagona golini Ozod Ibodullaev penaltidan urdi.

Nazorat uchrashuvi

"G'azalkent" – "Aziya Talas" (Qirg'iz Respublikasi) 1:3

Turkiya. Antaliya

Gollar: Ozod Ibodullaev penalti 83' – Dimur Chikladze 3', Magsad Aligulov 19', Nikolay Agapov 67'

"G'azalkent": 1.Asilbek Atashov, 2.Muxammadyusuf Mahmudov, 9.Vladislav Nabatov, 14.Suhrob Sadirjonov, 16.Abdurahmon Abdullaev, 18.Azizillo Erkinjonov, 19.Timofey Postnikov, 22.Odil Bahodirov, 23.Elbek Ro'zuqulov, 25.Dmitriy Lunyov, 27.Behruz Jamolitdinov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Maksud Qo'chqorboev, Umid Turg'unov, Ozod Ibodullaev, Hojiakbar Yusufboev, Abduvakil Hikmatullaev, Muhammadyusuf Mirqodirov, Muhammadyusuf Fayzullaev, Adam Prisnyajnyuk, Feruz Olimov, Ivan Podtinniy, Ivan Korshunov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia