"Kattaqo'rg'on" nazorat uchrashuvida "Jayxun"ga engildi

Iskandarov Abdulaziz
4 mar 2026
Pro liga qatnashchisi "Kattaqo'rg'on" Toshkentda mavsumga taraddudni olib bormoqda.

Jamoa nazorat uchrashuvlari orqali  tayyorgarlikni optimal darajaga olib chiqishga harakat qilyapti. Yorqin Nazarov shogirdlari bugun kunning birinchi qismida "Jayxun" bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Darvozalarga 4 ta gol urilgan o'yinda "Jayxun" 3:1 hisobida g'alaba qozondi. "Kattaqo'rg'on"ning o'yindagi yagona goliga Francis Narx mualliflik qildi. "Jayxun"dan Sardorbek Xidirbaev xet-trik muallifiga aylandi. 

Samarqand klubi safida Ildar Mamatkazin, Davron Hoshimov, Behruz Asqarov, Sardor Qobuljonov kabi futbolchilar to'p tepdi.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia