Osiyo futboli. Gabi "Al Sadd"dan ketyapti

Xayrulla Xoliqov
16 iyun 2020
Qatarning "Al Sadd" klubi ispaniyalik futbolchi shu oy oxirida jamoani tark etishini ma'lum qildi.

Mamlakatning 14 karra chempioni "Atletiko"dan kelib qo'shilgan Gabi bilan xayrlashadi. 36 yoshli futbolchi Dohada ikki mavsumni o'tkazib, "Al Sadd"ning chempion bo'lishi hamda Qatar Kubogi va Shayx Jassim Kubogini qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shdi. 

"Gabiga ikki yillik o'zaro hamkorlik uchun rahmat. Biz unga va oilasiga kelajakdagi faoliyat uchun omad tilaymiz. Gabi har doim "Al Sadd" oilasining bir qismi bo'lib qoladi", deyiladi klub bayonotida.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com