Nkunku faoliyatini A Seriyada davom ettiradi (Fabricio Romano)

Khoja
28 avg 2025
"Milan" yana bir transferni yakunladi.

Italiya klubi "Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku bilan shartnoma imzoladi.  Kelishuv 5 yilga mo'ljallangan. London klubi fransiyalik hujumchining transferi uchun 35 million evro to'laydi.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" Nkunkuni "Leyptsig"dan 60 million evroga sotib olgandi. O'tgan mavsum futbolchi 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta assist qilgan.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano