Messi va Saloh bir jamoada?! "Inter Mayami" misrlik yulduz uchun taklif tayyorlamoqda

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026
Lionel Messi to'p surayotgan "Inter Mayami" klubi mavsum yakunida "Liverpul"ni tark etadigan Muhammad Salohni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Independent" nashrining xabar berishicha, AQSH klubi allaqachon hujumchi uchun rasmiy taklif tayyorlab qo'ygan. Biroq bu transferni amalga oshirish uchun Mayami klubi tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilishiga to'g'ri keladi.

Gap shundaki, hozirda jamoada "tayinlangan o'yinchilar" (zarplata chegarasidan tashqari yuqori maosh oluvchi uch nafar futbolchi) uchun bo'sh joy mavjud emas. Shu sababli, Salohni ro'yxatdan o'tkazish uchun "Inter Mayami" amaldagi yulduzlaridan biri bilan xayrlashishi yoki MLS qoidalari asosida joy bo'shatishi lozim bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Saloh mavsum oxirida mersisaydliklar safidan erkin agent sifatida kyetishini e'lon qilgan edi. Agar ushbu transfer amalga oshsa, futbol olami yana bir afsonaviy juftlik guvohiga aylanishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Independent