

Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar bo'yicha Peledan o'zib ketdi. "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS doirasidagi "Nyu-York Siti"ga qarshi o'yinda (3:2) jarima zarbasidan to'g'ridan-to'g'ri gol urdi.
Argentinalik o'z faoliyati davomida jarima zarbalaridan jami 71 ta gol urib, bu ko'rsatkich bo'yicha Peleni (70) ortda qoldirdi va ikkinchi o'ringa ko'tarildi.
Bu boradagi rekordchi 77 ta gol urgan Junino Pernambukano hisoblanadi.
"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobida jarima zarbalaridan kiritilgan 64 ta gol bor.



