Mbappe: "Neymarni izza qilishni xohlamayman"

Оқил Абдубарноев
20 fev 2023, 03:27
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining dastlabki o'yinida “Bavariya”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berganidan so'ng, javob o'yinini o'ylab, jamoadoshlarini to'g'ri ovqatlanish va yaxshi hordiq chiqarishga chaqirdi.

Shu bilan birga, Neymar o'sha o'yinning ertasiga poker turnirida ishtirok etdi va McDonald'sga tashrif buyurgandi.

"Neymarni izza qilishni xohlamayman. Hozirgi vaziyatda bir-birimizni qoralashimiz shart emas. Buni butun jamoaga maslahat beraman", dedi Mbappe.

Eslatib o'tamiz, Neymar yakshanba kuni "Lill"ga qarshi o'yinda (4:3) jarohat olgandi. Fransiya OAVlari braziliyalik futbolchi uch haftagacha maydonga tusha olmasligini aytishmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Prime Video