"Mashal" bosh murabbiyi bugungi uchrashuvda jamoasi bilan birga bo'lmaydi

Khoja
10 mar 2026
"Mashal" bosh murabbiyi Igor Surov bo'lajak bahsda jamoasiga yordam bermaydi.

"Mashal” jamoamiz bosh murabbiyi Igor Surov betobligi sababli bugungi uchrashuvda jamoa yonida bo'la olmaydi. Ayni vaqtda mutaxassis sog'ligidagi muammolar tufayli tuman shifoxonasida davolanmoqda.

Shu sababli bugungi o'yinda jamoani maydon chetidan boshqarish vazifasini murabbiylar shtabi a'zosi Otabek Narzullaev o'z zimmasiga oladi.

“Mashal” futbol klubi rahbariyati, jamoa a'zolari va muxlislar nomidan Igor Surovga tezroq sog'ayib, jamoa safiga qaytishini tilab qolamiz" - deyilgan klub matbuot xizmati bergan xabarda.


KhojaMuallif
Manba: