Marko Roysning Borussiyadagi kelajagi yaqin orada hal bo'ladi

Alisher
24 apr 2023, 08:24
Borussiya Dning bosh direktori Xans-Yoaxim Vacke jamoa sardori Marko Roysning kelajagi haqida gapirdi.

Yaqin orada biz Markoning shartnomasi bo'yicha qarorni qabul qilamiz. Menimcha, bunga o'n kuncha ketadi,-dedi Xans-Yoaxim Vacke.

Germaniyalik futbolchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. Roys Borussiya safida 2012 yildan beri harakat qilib keladi. U dortmundliklar safida jami 380 ta uchrashuvda maydonga tushib, 161 ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com