

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, yuqorida nomlari ko'rsatilgan klublar hali rasmiy ravishda taklif jo'natmagan. O'z navbatida futbolchining o'zi ham "Barselona"dan ketmaslikni va asosiy tarkib uchun kurashishni istamoqda.
Oldinroq Baldega "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi. Hozircha "ko'k-anorranglilar" ham qanot himoyachisini sotib yuborish variantini ko'rib chiqmayapti.
Ushbu mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha turnirlarda 34 o'yinda qatnashib, 3ta samarali harakat amalga oshirdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2028 yil yoziga qadar davom etadi va aynan ushbu holat futbolchining jamoadan kutilganidan ertaroq kyetishiga sabab bo'lishi mumkin.



