"Los-Anjeles Gelaksi" Filippe Koutino bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher Ostonov
21 fev 2026
"Los-Anjeles Gelaksi" erkin agent Filippe Koutinoga taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda.

MLS klubi muxlislar bosimi fonida 18 fevral kuni "Vasko da Gama"ni tark etishini e'lon qilgan 33 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari bilan muzokara boshlashni rejalashtirmoqda.

"Gelaksi" yana bir mavsumni yarim himoyachi Riki Puchsiz o'tkazishi sababli tarkibni kuchaytirmoqchi. 26 yoshli futbolchi 2024 yilning noyabrida xochsimon bog'lami yirtilishi oqibatida jarohat olib safdan chiqqan va 2027 yilgacha maydonga qaytmasligi kutilmoqda.

Transfermarkt portali Koutinoning transfer qiymatini 3,5 million evroga baholagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Diario AS