Son Xyon Min "Real" bilan o'yinda xet-trik qayd etdi

Sherzod Nurmatov
18 sen 2025
"Los-Anjeles" MLS muntazam mavsumi uchrashuvida "Real Solt Leyk" bilan to'qnash keldi.

Sendidagi bahs 4:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi. "Tottenxem" sobiq hujumchisi Son Xyon Min xet-trikni rasmiylashtirgan bo'lsa, yana bir golga Denis Buanga mualliflik qildi. Yutqazgan jamoadan Zaver Gozo to'p kiritdi.


"Los-Anjeles" G'arbiy konferenciyada 47 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. "Real Solt Leyk" 34 ochko bilan 10-pog'onada ketmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia