

Mirko Yyelichich shogirdlari mazkur yig'in doirasida yana bir nazorat o'yinida qatnashdi. Qirg'izistonning amaldagi chempioni "Bars" bilan to'qnashuvda "temiryo'lchilar" 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoaning goliga Temurxo'ja Abduxoliqov mualliflik qildi. "Bars"dan Qayratbek Jygalbek Uulu dubl qayd etdi.




