"Liverpul" Veynaldumga o'rinbosar topdi

Alisher
1 iyul 2021, 11:52
"Portu" yarim himoyachisi Otaviu faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Liverpul" 26 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

"Qizillar" Otaviuni joriy transfer oynasida PSJga o'tib ketgan Jorjino Veynaldumga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. O'yinchining shartnomasida tovon puli 1 iyuldan 40dan 60 million evrogacha oshishi belgilangan.

Otaviu 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 12ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: A Bola