"Liverpul" va "Barselona" sobiq yulduzi o'ziga yangi jamoa qidirmoqda

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026, 13:07
"Liverpul" sobiq yetakchisi Filippe Koutino jamoasiz qoldi.

Hozir u faoliyatini davom ettirish uchun yangi variant izlayapti.

Koutino "Vasko da Gama"ni tark etdi, bu haqda Braziliya klubi matbuot xizmati xabar berdi. Endi Filippe erkin agent maqomida va yangi takliflarni kutmoqda.

Koutino "Liverpul" va "Vasko"dan tashqari "Barselona", "Bavariya", "Inter", "Aston Villa" va boshqa bir qator jamoalarda to'p tepgan. Ayni paytda braziliyalik yarim himoyachi 33 yoshda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: vasco.com.br