

Endi "Flamengo" murabbiyni ishdan bo'shatishning o'zi uchun 27 mln real (4,5 mln evro) to'lashiga to'g'ri kelishi mumkin. Jarima summasi rasman tasdiqlanmagan, ammo dekabrda shartnoma yangilangandan keyin bu bo'yicha norasmiy xabarlar tarqalgandi.
Bu shart 2027 yil dekabrigacha mo'ljallangan shartnomani himoya qilish uchun kiritilgan - sababi murabbiyning Yevropada ishlash istagi bo'lgan.
Natijada murabbiy ikki oy o'tmay, 8:0 hisobidagi yirik g'alabadan keyinoq ishdan bo'shatildi.
Braziliya klubi 3 oy oldin Libertadores Kubogi va chempionatda g'olib chiqqan edi.



