Filippe Koutino "Vasko da Gama"ni tark etadi

Administrator
18 fev 2026
Klub va futbolchi o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.

"Vasko da Gama" futbolchisi Filippe Koutino klubdan kyetishga qaror qilgan. Ma'lum qilinishicha, tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan va shartnoma muddatidan avval bekor qilingan. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi. Endi 33 yoshli futbolchi erkin agent sifatida yangi takliflarni ko'rib chiqishi mumkin. Uning keyingi manzili hozircha noma'lum.

Ma'lumot uchun, Kutino faoliyati davomida Yevropaning qator yetakchi klublarida, xususan "Barselona"da faoliyat olib borgan. 



AdministratorMuallif
Manba: x.com/fabrizioromano