"Kattaqo'rg'on" yana ikki nafar darvozabon bilan shartnoma imzoladi

Khoja
5 mar 2026
Pro liganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Kattaqo'rg'on" tarkibiga 2 nafar darvozabon kelib qo'shildi.

"Ulardan biri 1996-yilda tug'ilgan Akobir Qayumovdir. Turli yillarda "Sho'rtan", "Xorazm" va "FarDU" singari jamoalar darvozasini qo'riqlagan posbon joriy yilning oxirigacha biz bilan bo'ladi.

Shuningdek, 2006-yilda tug'ilgan Jahongir Bo'riev bilan kelishuvga erishildi. U "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shu kungacha "Olimpiya", "Navbahor" va "Olimpik" tarkibida o'ynagan futbolchi 2023-yilda o'tkazilgan U17 jahon chempionatida ham ishtirok etgan edi", - deyiladi klub tomonidan taqdim etilgan xabarda.


KhojaMuallif
Manba: @fc_kattakurgan