"Kattaqo'rg'on" tarjibali darvozabon bilan sharnoma imzoladi

Khoja
4 mar 2026
Pro ligada sovrinli o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan "Kattaqo'rg'on" futbol klubi o'z safini tajribali darvozabon bilan kuchaytirdi.

"Superliganing o'tgan mavsumida 11 marta maydonga tushgan Sardor Qobuljonov faoliyatini jamoamiz tarkibida davom ettiradi. U bilan joriy yilning dekabr oyiga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzilgan. 

Ma'lumot uchun, 1987-yilda tug'ilgan Qobuljonov karerasi davomida "Metallurg", "Oqtepa", "Buxoro", "Neftchi", "Lokomotiv", "Surxon", "Vaxsh" (Tojikiston), "Xorazm" singari klublar darvozasini qo'riqlagan. U Mirjalol Qosimov davrida terma jamoaga nomzod posbonlardan biri edi", - deyiladi klub matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.


KhojaMuallif
Manba: @fc_kattakurgan