Kattaqo'rg'on o'z safiga uch nafar yangi himoyachini qo'shib oldi, ular orasida Paxtakor tarbiyalanuvchilari ham bor

Aslanov Jasurbek
10 mar 2026
Yangi mavsumga qizg'in hozirlik ko'rayotgan Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on jamoasi himoya chizig'ini kuchaytirdi.

Jamoa matbuot xizmati uch nafar futbolchining transferini rasman e'lon qildi.

O'zbekiston U-20 safida Osiyo kubogida zafar quchgan va Argentina mezbonlik qilgan Jahon chempionatida ishtirok etgan 22 yoshli markaziy himoyachi endi samarqandliklar sharafini himoya qiladi. Kattaqo'rg'on rahbariyati Ashurov bilan 1 yillik bitim imzoladi. E'tiborlisi, Paxtakor akademiyasining iqtidorli tarbiyalanuvchisi hisoblangan bu himoyachi faoliyati davomida Turon, Metallurg va Andijon klublarida ham to'p tepishga ulgurgan.

Jamoa tarkibiga yana bir juda tajribali futbolchi kelib qo'shildi. Klub rahbariyati turli yillarda Paxtakor, Nasaf va Andijon kabi yurtimizning yetakchi jamoalari sharafini himoya qilgan Ildar Mamatkazin bilan 1 yillik kelishuvga erishdi. 1988 yilda tug'ilgan himoyachiga Samarqand muhiti begona emas. U 2013-2015 yillarda viloyatning boshqa bir jamoasi - Dinamo libosida ham harakat qilgan edi.

O'tgan mavsumni Tojikiston chempionatida o'tkazgan himoyachi ham endi Kattaqo'rg'on muvaffaqiyatlari uchun maydonga tushadi. U bilan mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan kelishuv tuzildi. Ma'lumot o'rnida, 1995 yilda tug'ilgan Abdusalimov bungacha Samarqandning Dinamo va Sherdor klublari safida ham to'p tepgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Каттақўрғон" матбуот хизмати