"Kattaqo'rg'on" o'z yetakchilarini jamoada saqlab qoldi

Khoja
3 mar 2026
"Kattaqo'rg'on" Pro ligaga tayyorgarlik jarayonini poytaxtda davom ettirmoqda.

Klub rahbariyati 4 nafar futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga qaror qildi.

"Jamoamiz sardori Anvarjon Fayzullaev, Asliddin Tursunpo'latov, Sayyodbek Davronov hamda Azizbek Ahmedovlar bilan hamkorlik davom etadigan bo'ldi. Mazkur futbolchilar bilan 2026-yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan kelishuv imzolangan.

Ma'lumot uchun, Sayyodbek Davronov Birinchi liganing o'tgan mavsumida 16 gol bilan to'purarlar poygasida 3-o'rinni egalagan bo'lsa, Asliddin Tursunpo'latov 15 ta golli uzatma bilan eng yaxshi assistentlar qatorida etirof etilgan edi", - deyiladi klub matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.


KhojaMuallif
Manba: @fc_kattakurgan