Kanselu ertaga "Barsa" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Klub barchasini "Al Hilol" va Mendesh bilan kelishib oldi

Alisher Ostonov
9 yanv 2026
"Barselona" Joau Kanselu bo'yicha kelishuvni yakunlamoqda.

Joau Kanselu tez orada "Barselona" safiga borib qo'shiladi.

Avvalroq, Kataloniya klubi "Al Hilol" qanot himoyachisini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi. "Blaugrana" allaqachon Saudiya klubi va futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan to'liq kelishuvga erishgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Mundo Deportivo