Jiru qachon terma jamoadan kyetishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019
"Chelsi" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Moldaviyaga qarshi Evro-2020 saralash o'yinidan so'ng milliy jamoadan qachon kyetishi haqida gapirdi.

"Evro-2020 men uchun Fransiya terma jamoasi safidagi so'nggi turnir bo'ladi. Milliy jamoaning asosiy hujumchisi Kilian Mbappe bo'ladi" - dedi Jiru.

Moldaviya hamda Fransiya o'rtasidagi uchrashuv 4:1 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Fransiyaliklarning navbatdagi uchrashuvi 25 mart kuni Islandiyaga qarshi bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RTL France