Jerrard: "Chelsi" Lempardga yordam berishi kerak edi"

Mirjalol Normatov
26 yanv 2021
"Glazgo Reynjers" bosh murabbiyi Stiven Jerrard "Chelsi" bosh murabbiyligidan ketgan Frenk Lempard haqida gapirdi.

"Lempard uchun juda xafa bo'ldim. Fikrimcha, klubdagilar biroz shoshildi. Batafsil ma'lumotlarni bilmayman. Klubdagi ichki atmosfera, futbolchilarning bir-biriga munosabati haqida xabarim yo'q. 

To'g'risini aytsam, klubdagilar Lempardga qo'l cho'zib, qo'llab-quvvatlaydi deb o'ylagandim. Ha, "Chelsi" og'ir davrlarni boshidan o'tkazmoqda. Bir tomondan olib qarasak, uning iste'fosidan unchalik xayratlanganim ham yo'q", - dedi Jerrard.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal