

“Francuzlar final xushtagidan keyin o'yindagi hakamlik uchun bizga minnatdorchilik bildirdi. Ugo Loris bilan biroz fikr almashdim va Olive Jiru bilan qo'l siqishdim. U bahs davomida sariq kartochka oldi, ammo hech qanday etiroz bildirmadi. U uchrashuv og'ir o'tganini aytdi.
Xafa bo'lib turgan Mbappega uning ajoyib futbolchi ekanligi va hali yana bir jahon chempionligini qo'lga kiritishini aytdim. U meni quchoqladi, bu emociyalar edi. O'sha payt uning miyasida nimalar aylanganini tasavvur qilishni ham xohlamasdim”, degan Marchinyak.



