Jaka APLga qaytmoqda

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2025
Taniqli insayder Fabricio Romano "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Granit Jakaning "Sanderlend"ga o'tishi haqida yozdi.

Romanoning so'zlariga ko'ra, kelishuv tomonlar tomonidan kelishilgan.

"Sanderlend" Jaka uchun "Bayer"ga 20 million evro to'laydi. Sentyabrda 33 yoshga to'ladigan shveytsariyalik futbolchi ikki mavsumlik – 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

"Bayer" Jakaga transferni rasmiylashtirish uchun Angliyaga borishga ruxsat berdi. Tez orada rasmiy e'lonlar chiqadi.

Eslatib o'tamiz, "Sanderlend" bahorda Angliya Premer-ligasiga qaytgandi. Jamoa o'tish bahslarida g'alaba qozongan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano