

Voqea bugun tungi soat taxminan 01:00 atrofida sodir bo'lgan. Bir yoki ikki nafar noma'lum shaxs 48 yoshli mutaxassis istiqomat qiladigan Fyuvodagi villa devoridan oshib o'tib, derazani sindirish orqali uy ichiga kirishgan.
Jinoyatchilar uydan "Louis Vuitton" brendiga tegishli kiyimlar va aksessuarlarni o'g'irlab kyetishgan. Voqea joyiga yetib kelgan policiya xodimlari o'g'rilarning barmoq izlarini yig'ib olishgan va hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Fransiyada so'nggi paytlarda taniqli futbolchi va murabbiylarning uylariga hujum qilish holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Xabib Beye hozirda jamoasi bilan muhim bahslarga tayyorgarlik ko'rayotgan bir vaqtda bunday voqea yuz berishi ko'pchilikni tashvishga soldi.



