Ikrom Aliboev ilk turda nega maydonga tushmadi?

Sherzod Nurmatov
1 mar 2026
"Neftchi" bosh murabbiyi Islom Ismoilov Superliga 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Mashal" (3:0) bahsidan keyin farg'onaliklar yarim himoyachisi Ikrom Aliboevning holati haqida ma'lumot berdi.

Mutaxassisning takidlashicha, Aliboev kichik jarohat tufayli "Mashal" bilan o'yinda ishtirok etmagan.

"Ikrom Aliboevning jarohatini u qadar jiddiy deb bo'lmaydi, lekin muskullarida tortishish kuzatilgan. Shifokorlar uning tiklanishi uchun kamida 10 kun vaqt kerakligini aytgan. O'ylaymanki, "Andijon" bilan bahsga qadar safga qaytadi", – dedi Ismoilov.

"Neftchi" – "Mashal" o'yinidan keyin Islom Ismoilov ishtirokida o'tgan matbuot anjumani bilan to'liq holda ushbu havola orqali tanishasiz. 

Ma'lumot uchun, farg'onaliklar 5 mart kuni 2-tur doirasida "Surxon" mehmoni bo'ladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia