Igor Sergeev yil futbolchisi bo'lishda Jamshid Iskanderovni qancha farq bilan ortda qoldirdi?

Sherzod Nurmatov
22 dek 2025
PFL Superligada yilning eng yaxshilarini aniqladi.

Unga ko'ra, Igor Sergeev ("Paxtakor") eng yaxshi futbolchi deb topildi. "Neftchi"ni chempion qilgan Vitaliy Levchenko esa yil murabbiyi bo'ldi.

Hojiakbar Alijonovning "Bunyodkor"ga urgan goli ekspertlar tomonidan yil goli deya etirof etildi. "Dinamo" a'zosi Firdavs Abdurahmonov yil javohiri, "Navbahor" futbolchisi Abbos G'ulomov yil kashfiyoti bo'lgan bo'lsa, "So'g'diyona" yetakchisi Lyupcho Doriev Superliganing eng yaxshi legioneri deb topildi.

E'tiborlisi., Superliganing eng yaxshi o'yinchisiga aynlangan "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev so'rovnomada "Neftchi" yetakchisi Jamshid Iskanderovdan 5 ochko ko'p to'plab, g'oliblikka erishgan - "sherlar" vakiliga uni ko'pchilik ikkinchi o'ringa qo'ygani qo'l kelgan. 

Yil kashfiyotiga aylangan "Navbahor" a'zosi Abbos G'ulomov ikkinchi o'rindagi hujumchi Rustam Turdimurodovni bir ochkoga ortda qoldirgan. O'z o'rnida, Turdimurodov ham uchinchi pog'onadagi "Dinamo" himoyachisi Jahongir O'rozovdan bir ballik farq bilan ustun kelgan.

Ushbu havola orqali ovozlar qanday taqsimlangani bilan tanishishingiz mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz