

"Biz finalda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Birinchi maqsadimiz chempionlik bo'lsa, ikkinchisi Yevropa ligasida g'olib chiqish edi. Germaniyaga kubok bilan qaytish uchun hamma narsani ishga solamiz.
Bu mening Yevropa ligasidagi ikkinchi finalim. Birinchisida jamoam mag'lubiyatga uchragan, lekin hayotda doim ikkinchi imkoniyatga ega bo'lasiz. Bunda siz boringizni berishingiz kerak. Finalda hech kim autsayder bo'lmaydi",- deydi Jaka.



