Garnacho uchun to'rtta top klub davogarlik qilmoqda

Alisher Ostonov
22 apr 2025
"Chelsi", "Atletiko" va "Bayer" yozda "Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnachoni sotib olish uchun "Napoli" bilan raqobatlashishi mumkin.

Qayd etilishicha, "qizil iblislar" argentinalik futbolchiga 81 mln evrolik taklif tushsa, uni qo'yib yuborishga tayyor. Manbaning qo'shimcha qilishicha, bunday yuqori narx Garnacho uchun ehtimoliy davogarlarni cho'chitib yuborishi mumkin.

"Napoli" yozda juda faol bo'lishi kutilmoqda. Neapolliklar Xvicha Kvaratsxeliya PSJga ketganidan keyin tarkibda yuzaga kelgan bo'shliqni to'ldirishga harakat qiladi. Italiya grandi qishda Alexandro Garnacho uchun taxminan 50 mln evro taklif qilgan, ammo MYU bu taklifni rad etgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk