"Flamengo" Rojerio Senini ishdan bo'shatdi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2021, 21:42
Jamoa mavsumni yomon boshladi.

"Flamengo" Braziliya A Seriyasi yangi mavsumini yomon natijalar bilan boshladi. 

Shu sababli klub rahbariyati bosh murabbiy Rojiero Seniga chiqish eshiklarini ko'rsatdi.

Braziliyalik sobiq posbon jamoada 2020 yilning noyabridan buyon ishlab kelayotgan edi. U 44 o'yinda "Flmengo"ni maydonga boshlab tushdi, o'rtacha har bir o'yinda 1,86 ochko to'pladi.  

Endi jamoani vaqtinchalik "Flamengo" U-20 ustozi Maurisio Ferreyra de Souza boshqaradi. 

Klub turnir jadvalida 12 ochko bilan 12-o'rinda turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: flamengo.com